Tezzura Furniture · Mebel ishlab chiqarish uchun

Buyurtmadanfoydagacha.

Mijozga narx aytishdan oldin material, mehnat va marjani hisoblang. Tezzura O'zbekistondagi mebel sexlari uchun buyurtma hisobini soddalashtiradi.

Buyurtma hisobi demoda mavjud. Ishchi hisob imkoniyatlari sozlangan ulanishga bog‘liq.

Hozir sinab ko‘ring

Tanishish uchun demo

Barcha ismlar va operatsiyalar — namunalar. Demo o‘zgarishlari shu brauzerda saqlanadi va sozlamalarda tiklanadi. Ular kompaniyaning ishchi ma’lumotlarini o‘zgartirmaydi.

Kompaniyangiz uchun

Sizga mos ish jarayoni

Ishchi hisob uchun ERPNext ulanishi sozlanishi kerak. Mavjud amallar sozlamalar va ruxsatlarga bog‘liq. Joriy etish ko‘lamini kelishishdan oldin buyurtmalar, materiallar va jamoa ruxsatlarini muhokama qilamiz.

Ustaxonangizni muhokama qilish

Yechim

«Buyurtma → sex → pul» zanjiri uchun yagona tizim

Bitta buyurtma materiallar, odamlar, muddatlar va pulni birlashtiradi. Har bir bosqichning tayyorlik holati ko‘rsatilgan rejalashtirilgan jarayonni o‘rganing.

Demoda mavjud

/01

Buyurtma hisobi

O‘lchamlar, materiallar va mehnatni bir smetada jamlang. Taklif tayyorlashdan oldin narx va ustamani ko‘rib chiqing.

Mahsulot

Bitta ekran — sexning butun iqtisodi

To'rtta namunaviy buyurtma: hisobdan ishlab chiqarish va to'lovgacha. Quyida kerakli bo'limni tanlang.

Mebel sexi / 4 buyurtmaIshlab chiqarish buyurtmalari
Namunaviy ma'lumot

Kesish → qirralash → tayyor. Hisoblagich buyurtmaning joriy bosqichini ko'rsatadi.

#1041

Oshxona garnituri 3.2 m

sexda · kesish

01 / 03
#1042

Kupe shkaf, 2 seksiya

tayyor · payshanba jo'natish

03 / 03
#1043

Ofis stollari × 14

sexda · kromka

02 / 03
#1044

Kiraverish, K seriyasi

xomashyo kutmoqda · LDSP 18

00 / 03
Ishlab chiqarishda2 / 4
Jo'natishga tayyor1 / 4
Material kutilmoqda1 / 4

Ma’lumotlar va interfeys — ishchi hisob emas, namuna. Buyurtma hisobini demoda sinang; ulangan jarayonlar kompaniya sozlamalariga bog‘liq. M = million so‘m.

Bitta buyurtma. Har bir qaror.

Marjangiz qanday o'zgaradi?

Materiallar qimmatlashmaguncha buyurtma foydali ko'rinadi. Bitta shartni o'zgartiring va qancha qolishini ko'ring.

#1043Ofis stollari × 14
  1. Avval xarajat, keyin narx

    14 ta stol. Material, mehnat va ustama xarajatlar — 23,70 mln so'm. Kelishilgan narx — 28,50 mln.

  2. Sexdagi xarajatlarni kuzating

    Rejalashtirilgan modul material sarfi va sex ishini buyurtmaga bog'laydi. Slayder narx o'zgarishining ta'sirini ko'rsatadi, sexdagi haqiqiy holatni emas.

    Modul ishlab chiqilmoqda
  3. Marja hali olingan pul emas

    Bu misolda 16,50 mln so'm to'langan, yana 12,00 mln olinishi kerak. Foydali buyurtma to'liq to'langan buyurtma degani emas.

    Modul ishlab chiqilmoqda

Bu o'quv misoli, mijozning haqiqiy natijasi emas. Soliq va moliyalashtirish xarajatlari hisobga olinmagan. O'zgarishlar faqat shu sahifada qoladi, akkauntga saqlanmaydi.

Ssenariy · #1043Mln so'm
Buyurtma marjasi16,8%

Ushbu xarajatlardan keyingi qoldiq ÷ kelishilgan narx.

Materiallar
16,80
Mehnat
4,20
Ustama xarajatlar
2,70
Tannarx
23,70
Kelishilgan narx
28,50
Xarajatlardan keyingi qoldiq
4,80
+0%

0–30% oralig'ida sinab ko'ring. Mehnat, ustama xarajatlar va buyurtma narxi o'zgarmaydi.

Demodan kundalik ishga

Bir buyurtmadan boshlang. Bosqichma-bosqich o‘sing.

Joriy etish ustaxonangiz ishidan boshlanadi. Butun jamoani ulashdan oldin ish ko‘lamini kelishing, ma’lumotlarni tekshiring va jarayonni sinang.

  1. Buyurtmani ko‘rib chiqing

    Namunaviy buyurtma asosida smeta, materiallar, ishlab chiqarish bosqichlari va to‘lovlarni muhokama qiling. Jamoaga avval qaysi bosqichlar kerakligini aniqlang.

  2. Sozlashni kelishing

    Kompaniya hisobiga qaysi funksiyalarni ulash mumkinligi, kerakli ma’lumotlar va kirish huquqlarini aniqlang. Boshlashdan oldin ishlar va narxni kelishing.

  3. Kichik sinov o‘tkazing

    Bir nechta buyurtma va boshlang‘ich qoldiqlarni ular bilan ishlaydigan xodimlar bilan tekshiring. Foydalanishni kengaytirishdan oldin kamchiliklarni bartaraf eting.

Boshlashdan oldin

Bilish kerak bo‘lgan jihatlar.

Vazifalaringizni muhokama qilish
Ishchi hisobda demodagi barcha imkoniyatlar bormi?

Yo‘q. Demo namunaviy jarayonlarni lokal o‘rganish imkonini beradi. Ulangan funksiyalar joriy integratsiya, kompaniya sozlamalari va ruxsatlarga bog‘liq. Smetalar hozircha faqat demoda mavjud; joriy etishdan oldin ishchi hisob imkoniyatlarini biz bilan aniqlashtiring.

Tezzura mebel CAD yoki bichish dasturini almashtiradimi?

Demoda o‘lchamli eskiz va smeta hisobi bor. Unda CAD muhiti, list bichishni optimallashtirish yoki CNC uchun eksport yo‘q. Tezzurani baholashda mavjud loyihalash va bichish vositalaringizni saqlab qoling.

Buyurtmalarim va materiallarimni ko‘chira olamanmi?

Ma’lumotlarni ko‘chirish sozlash vaqtida kelishilishi kerak. Demo ishchi yozuvlaringizni import qilmaydi. Moslashtirish va tekshiruvlarni aniqlash uchun manba fayllari, material birliklari, ochiq buyurtmalar va qoldiqlarni muhokama qiling.

SI ustaxona ma’lumotlarini avtomatik o‘zgartiradimi?

Umumiy Tezzura platformasining SI jarayonlari ishlab chiqilmoqda. Furniture demosida biznesingizni boshqaradigan SI agenti yo‘q. Taklif etilayotgan yondashuv — tavsiya qilingan amallarni qo‘llashdan oldin tekshirish.

Jamoa

$2 mln import, 21 zavod uchun ERP, prodda mahsulot

  • Avazbek Abdusaidov

    CEO

    Tez Motors asoschisi va boshqaruvchi hamkori (2021–2025): $300 000 investitsiya jalb qilgan, Xitoydan 100+ elektromobil olib kirgan, tushum $2 mln+. 30 mln+ ko'rishga ega videomarketing orqali savdo kanalini qurgan.

    Inha University in Tashkent, logistika; universitet startaplar tanlovi g'olibi. Ta'minotning butun siklini shaxsan o'tagan: yetkazib beruvchi, shartnoma, bojxona, sertifikatlash, tannarx. Uchta AI-mahsulot ishga tushirilgan, jumladan UZ/RU/EN ovozli platformasi.

  • Jasur Salimov

    Hammuassis — muhandislik

    Neotechda Senior iOS Engineer, kompaniyada 7 yil, uch muhandisni boshqaradi. Oyiga 30 000+ faol foydalanuvchiga ega mahsulotlar. Olimpiya qo'mitasi ekspertlari bilan patentlangan algoritm hammuallifi. Mahsulotni to'liq yig'adi: Node.js'dan OpenAI asosidagi klientgacha.

  • Zuhriddin Abdurahmonov

    Hammuassis — biznes va mahsulot

    O'zavtosanoatda 12 muhandisni boshqargan va tushumi $550 mln bo'lgan 21 ishlab chiqarish kompaniyasi uchun «Oyna» ERP tizimini qurgan: xaridlar, ta'minot, ishlab chiqarishni rejalashtirish. Hozir 12 ta maydonga ega C-Space tarmog'ining General Manageri.

Sizning buyurtmangizda ko'rsatamiz

Sexingizning bitta haqiqiy buyurtmasini olamiz, uni Tezzurada hisoblaymiz va marjani ko'rsatamiz. Yigirma daqiqa, prezentatsiyasiz.